NAJIB FOZIL VA SOXTA QAHRAMONLAR
Rahmatli shoir va ustoz Najib Fozil (Necip Fazil Kisakürek, 1904-1983) nafaqat 20 asr Turkiyasining balki butun turk adabiyotining eng buyuk shoirlaridan biridir. Imon va Alloh muhabbatining kuychisi bo’lgan nafis va xassos qalbli bu inson turk sheriyatini yuqori cho’qqilarga olip chiqqan ijodkorlardandir. Hattoki ba’zi marosimlarda unga « Shoirlar sultoni » deb hitob qilingani ta’rif etiladi. U sheriyatga shunday noziklik bilan yondoshadiki, sherlarida hatto oshiqcha bir nuqta ham topa olmaysiz. Ko’pincha ikki misralik baytlarida insonni titratip yuboradigan buyuk ma’nolar yotadi.
Najib Fozil ilk ta’limini Turkiyadagi amerika va fransuz maktablarida oldi. Istanbul adabiyot fakultetida boshlagan falsafa darslarini keyinchalik Parijdagi Sorbonnada davom ettiradi. Professional hayotini bank faoliyatida boshlagan bo’lsada keyinchalik litsey va universitetlatrda domlalik qiladi.
O’zining tariflashicha o’ttiz yoshiga qadar aholining o’ziga to’q qatlami orasida oson va ko’ngilochishlarga to’la dunyoviy hayot kechiradi. Shu vaqtlardayoq u turk adabiyotida iste’dodli shoir sifatida taniladi. Lekin hayotining Najib Fozilni Najib Fozil qilgan davri o’ttiz yoshidan boshlanadi. Shu yoshida Abdulhakim Arvosi nomli solih bir tasavvuf shayxi bilan uEditashuv Najib Fozilni tubdan o’zgratiradi. O’sha vaqtgacha bo’lgan sherlarida Najib Fozilning shelrarida har doim yuksak haqiqatni qidirish lekin topaolmaslik tufayli qandaydir mahzun va pessimistik ruh go’lib bo’lgan bo’lsa, yangi Najib Fozilning sherlarida Allohga va Payg’ambariga imon va muhabbat ta’siri sezilip turadi. U bundan buyon Allohga imondan kelip chiqadigan buyuk haqiqatlarning dovyurak kuychisiga aylanadi. Uning uchun shoirlik bu Allohga intilish, imon haqiqatlarini qidirishdir. Allohga yaqinlashtirmaydigan sherlar bo’sh vaqt o’tkazish bo’lip unday sher yozuvchilar soxtakorlardir. O’zi uchun aytganidek, imondan uzoq hayot bu huddi kaptar uchirish kabi bekorchi vaqt o’tkazish xolos.
Adabiy faoliyatida sherdan tashqari ko’plab hikoya, pyesa, romanlari bilan ham tanilgan. Bundan tashari butun Turkiya bo’ylap ko’plab konferensiyalarda Najib Fozil imonli Turk nasli qanday bo’lishi va jamiyat va davlat qurilishi qanday asoslarga tayanilishi kerakligi, va musulmon va g’arb olamida yerlaship qolgan yanglish tushunchalar va ularni qanday to’g’rilash choralari haqida so’zlaydi. Shunday konferensiyalaridan biri « Soxta qahramonlar »ga bag’ishlangan.
Soxta qahramonlar
Bize kalan aziz borç asirlik zamanlardan ;
Tarihi temizlemek sahte kahramanlardan…
Ushbu go’zal satrlar bilan boshlangan asarida Najib Fozil asrlardan beri musulmon va turk olami tushib qolgan manaviy zindondan chiqip ketish uchun qo’yiladigan ilk qadam haqida so’z yuritadi. Bu zindonning mohiyati bizning asrlardir haqiqatdan uzoq qolishimizda, tarixiy shon shuhratimizni yo’qotgandan beri davomiy muvaffaqiyatsizlik, soxta hayollar va mafkuralarning orqasida sarson bo’lip yurishimizdadir. Bu manaviy jaholat zindonidan qutulish uchun eng avvalo ushbu zindonning sababchilari bo’lgan soxta qahramonlarni tanish ularning mohiyatini anglab yetishlik sharttir. Soxta qahramonni ajratib olish uchun esa haqiqiy qahramonni bilish kerak. Shuning uchun muallif asarida qahramonlar haqida bahs yuritadi. Qahramonlarning turlari, ulaning vasflarini bayon qiladi.
Har bir insonning qalbida qandaydir bir qahramonlik ideali, hayoli va hasrati mavjud. Har bir inson hayoti davomida qahramon idealiga talpinip yashaydi. Lekin hammaning qahramon obrazi turli bo’ladi. Masalan doktorlar uchun Ibn Sino yoki Gippokrat ma’lum bir manoda qahramon kabi ko’rinsa, bir bokschi uchun Muhammad Ali yoki Mayk Tayson qahramon hisoblanishi mumkin.
Haqiqiy qahramonni tushunip yetish uchun inson va jamiyat hayotini to’laligicha nazardan o’tkizishimiz kerak. Asl mavjudiyatini bu dunyodan oldin boshlagan va oqibatta yana bu dunyodan o’tip ketadigan insoniyat uchun haqiqiy qahramon bu ‘har bir sohada va butun harakatlarida yuksak haqiqat va voqeliklarga yo’l ochadigan, o’z shaxsiyati va jamiyatidan ilgarilap ketgan, insonlar va jamiyatni nafslaridan qutulishga chaqiradigan zamon va makon o’lchamlaridan oship ketgan, harakat sohibi bir o’rnak insoni’dir. Qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar hayotda o’rnaship qolgan soxta va tor fikr, qurilmalarni yo’qotip tashlap, ularning o’rniga yana ham kengroq, to’griroq va go’zalroq bo’lgan yangi dunyolarni olip kelgan shaxslar qahramon hisoblanadi. Yana shoirning so’zlari bilan aytganda « Yagona g’oya – O’lmaslik ». Zotan hozirgacha o’tgan ham insonlar ham jamiyatlarning yuksak g’oyasi o’lmaslik, o’zidan keyin o’chmas bir iz qoldirip ketishlik bo’lgan. Misr fir’avnlarining piramidalariyu buyuk insonlarning asarlari ushbu g’oyadan ilhomlangan desa bo’ladi.
Qahramonlar uch hil bo’ladi : modda qahramoni, ma’no qahramoni yoki ham modda va ma’noda qahramon shaxslar. Modda qahramoni bu moddiy hayotda yuksak muvaffaqiyatlarga eriship ketgan insonlardir. Misol qilip Cesar va Napoleon kabi buyuk imperiyalar qurip ketgan shaxslarni keltirish mumkin. Lekin modda qahramonlari ham har doim ma’lum bir darajada ma’noga tayanadilar. Shuning uchun Makedoniyalik Iskandar butun fathlari davomida Yunon madaniyatini yoyishga intilgan bo’lsa, Napoleonning maqsadi fransuz madaniyatini targ’ib qilish bo’lgan. Yoki yana bir buyuk rim imperatori Mark Avrelius tarixda fazilatli va donishmand podshoh sifatida nom qoldirgan. Ma’no qahramonlari esa ma’naviy hayotda yoki san’atda o’chmas iz qoldirip ketgan, butun butun fikr maktablariga asos solgan Suqrot, Aflotun, Pascal kabi shaxslar yoki G’azzoliy kabi olimlar, Michelangelo yoki Me’mor Sinon kabi san’atkorlarni keltirish mumkin. Eng ustunlari esa ham modda ham ma’no qahramonlari hisoblanadi.
Bundan tashqari umumiy qahramonlarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Ular mutloq qahramonlar va nisbiy qahramonlardir. Mutloq qahramonlar bu ilohiy kuchga tayangan payg’ambarlardir. Muallif mutloq qahramonlarning eng buyuklari sifatida payg’ambarimiz Muhhammad s.a.v, Hazrati Ibrohim a.s., Hazrati Muso a.s. va hazrati Iso a.s.larni keltiradi. Insoniyat hayotini o’zgartiradigan darajada ta’sirli buyuk imperiyalar qurgan yoki ilg’or falsafa tuzumlarini rivojlantirgan shaxslar qanchalik buyuk muvaffaqiyatlarga erishmasin, ilohiy manbaga tayanmaganliklari uchun har doim nisbiy qahramon bo’lip qoladilar.
Qahramon shaxslar doim o’z ideallari yo’lida har qanday qiyinchiliklarga sabr qilganlar va butun hayotlari davomida ushbu g’oyalari chizip bergan yo’ldan adashmasdan ketganlar. Qahramonning bir necha sifatlari mavjuddir. Shularning eng birinchisi bu samimiyat va ixlosdir. Zotan payg’amblarlar da’vatining ilk kunlarida faqat o’zlariga ma’lum qilingan g’oyani butun dunyoda g’olib bo’lgan va hamma ishonadigan soxta g’oyalarga qarshi qo’yip ochiqlaganlarida ularda eng avvalo o’zlarining ushbu da’vatiga mutloq samimiy imon bo’lishi darkordir. Ingliz faylasufi Thomas Carlyle ham shuning uchun Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom haqida yozayotganida, buyuk qahramonlarning eng birinchi sifati deb ulardagi chuqur va haqiqiy samimiyatni tilga oladi. Samimiyat bilan birga qahramonda mavjud bo’lishi kerak bo’lgan sifatlar : imon, ishq, fikr, axloq, jahd va shijoatdir. Bu sifatlar hammasi bir kishida mujassam bo’lsa va u inson imon haqiqatini anglap yetsa o’sha kishi komil qahramon hisoblanadi.
Tarix davomida ushbu haqiqiy qahramonlarning qarshisida haqiqiy bo’lmagan qahramonlar bo’lip kelgan. Bu soxta qahramonlar o’zlarida haqiqiy qahramon sifatlarining hech biri mavjud bo’lmasada, doim o’zlarini qahramon qilip ko’rsatip jamiyat hayotida yuksak o’rinlarga intilip, haqiqiy qahramonlarga hiyonat qilip kelganlar. Bularni ham uchga bo’lsa bo’ladi. Ularning birinchisiga Don Kihot kabi qahramonlik sifatidan mahrum bo’lsalarda, o’zlarini haqiqatdan ham qahramon dep his etadigan samimiy ruhdagi insonlardir. Bunday qalbaki qahramonlarning ikkinchi guruhiga esa ma’lum bir tarixiy sharoitlar ta’sirida o’z ixtiyorisiz va hech qanday qobiliyatsiz bo’lsada, boshqalar tarafidan qahramon dep qabul qilingan insonlar kiradi. Bunday insonlar hech qanday salohiyatga ega bo’lmasalarda Allohning hikmatiga ko’ra ma’lum bir sharoitlarda jamiyatning oldiga o’tadilar va vaqtinchalik qandaydir ro’l o’ynaydilar.
Jamiyat uchun asosiy xavf esa uchinchi guruh insonlardan keladi. Bular asl soxta qahramonlardir. Bunday insonlar yuqoridagi ikki qalbaki qahramonlarning sifatiga ega bo’lish bilan birga ulardan boshqa bir sifati bilan ajralip turadilar. Ular doim o’zlari ishlap chiqqan soxta fikr va tuzumlarini jamiyat a’zolariga kuch bilan qabul qildirip ushbu tuzumlarini sun’iy yo’lar bilan ushlap turadigan insonlardir. Yoki ular o’zlari bu ishni qilmasalar ham ular o’lip ketgandan keyin boshqa bir guruh ularning fikr va g’oyalarini kuch bilan jamiyatga qabul qildirib xalqni shunday soxta tuzumlar zulmi ostida ushlab turadilar. Ushbu vaqtda albatta xayolga Lenin yoki Stalin kabi shaxslar keladi. Muallif Najib Fozil esa asarida soxta qahramonlarga misol qilip Usmoniylar davlatining so’nggi davrida davlat inqirozga uEditashi va yiqilishida muhim ro’l o’ynagan, o’z dini va madaniyatidan nafrat etadigan, G’arb madaniyatiga oshiq bo’lish bilan birga o’sha g’arb madaniyatining yeb-ichish va kiyinishidan boshqa narsasini tushunmasdan ko’r ko’rona G’arbga taqlid qilgan ilmsiz, johil, shuhratparast va xoin shaxslarni sanab o’tadi. Bu insonlar chuqur ilm va fikri, hech qanday salohiyati bo’lmasligiga qaramasdan ma’lum bir tarixiy sharoitlarda hukumat doiralariga kirip, keyinchalik ikkiyuzlamachilik va xoinlik orqali davlatning yuqori darajalariga o’rnaship olib keyinchalik ham o’zlarining ham davlat va millatining sharmanda bo’lishiga sababchi bo’lgan insonlardir. Bundan tashqari Najib Fozil xalq o’rtasida islomiy ta’limotlarning zaiflashishida ro’l o’ynagan va asossiz va noto’g’ri bo’lgan turli millatchilik, turkchilik g’oyalarini yoyishga intilgan Ziyo Go’kalp kabi shoirlarni ham misol qilip keltiradi.
Obtained from: http://www.iqbol.com/davlat-va-jamiyat/2007-07/najib-fozil-va-soxta-qahramonlar.html